Tadqiqotlar şuni körsatadiki, smartfon yuzasida hojatxona örindiğidan ham köproq bakteriya töplanişi mumkin.
Telefonimiz bilan kun davomida juda köp narsaga tegamiz: eşik tutqiçi, jamoat transporti, pul, stol va boşqa buyumlar. Şundan keyin qölni yuvmasdan gadjetga qöl tekkiziş orqali bakteriyalarni osongina köçirib olamiz.
Mutaxassislar aniqlaşiça, smartfonlarda stafilokokk, içak tayoqçasi (E.coli), salmonella kabi turli mikroorganizmlar uçraydi. Ular inson salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdiradi: diareya, nafas yöllari infeksiyalari, teri muammolari, hatto allergik reaksiyalarni keltirib çiqarişi mumkin.
Yana bir xavfli jihati şundaki, telefondagi bakteriyalar tezda köpayadi. Masalan, iliq muhit va doimiy qöl tegişi mikroblar uçun qulay şaroit yaratadi. Natijada ular yuzada uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ayniqsa, köçada ovqat yeyişdan oldin yoki yotoqda yotib telefondan foydalaniş orqali mikroblar oğiz va burun orqali organizmga oson kirib boradi.
Şu bois, mutaxassislar smartfonni muntazam dezinfeksiya qilişni maslahat beradi. Telefon yuzasini maxsus antibakterial salfetka yoki spirtli eritma bilan arting, ovqatlaniş vaqtida telefondan foydalanmang, yotişdan oldin esa uni yotoqxonaga olib kirmaslikka odatlaning. Eng muhimi – qölni tez-tez yuvib turişni unutmang!












