Jahon | 20:00 / 05.12.2018
12158
2 daqiqa o‘qiladi

Palladiy narxi 16 yil ichida ilk bor oltinnikidan oshdi

Foto: ria.ru

5 dekabrdagi birja savdolari vaqtida palladiy narxi oltinnikidan oshdi. Ta'kidlanishicha, bu holat 16 yildan beri kuzatilmagan.

Savdolar vaqtida palladiy narxi uchlik untsiyasi (31,1035 gramm) uchun 1236,48 dollarni, oltinniki esa 1235,37 dollarni tashkil qilgan.

Palladiy narxi avtomobilning ishlangan gazlarini filtrlash tizimini ishlab chiqarishda qo‘llanadigan ushbu qimmatbaho metall tanqislashishi mumkinligi xavotiri sababli oxirgi 4 oy ichida 25 foizga qimmatlashgan. Iste'molchilarning dizel dvigatelli avtomobillardan benzinlilari foydasiga voz kechishlari palladiyning ishlab chiqarishda qo‘llanishi oshishiga turtki bo‘lmoqda.      

“Palladiy juda cheklangan miqdorda yetkazib beriladi. Shu bilan birga oltin va palladiy narxlarining yaqinlashishi palladiyning kuchli ko‘rsatkichlari va oltinning past dinamikasi natijasidir”, deb aytgan Metal Focus Ltd. maslahatchisi Chirag Shet.

“Odamlar palladiyning har bir untsiyasi uchun kurashmoqdalar”, deb qo‘shimcha qilgan BMO Capital Markets mutaxasssisi Tay Vong.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid