Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelidagi yangi uylardan birini olmoqchi bo‘lgan ayolni 35 ming dollarga «uxlatishdi»
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 3 dekabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 15 iyul kuni Jizzax viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan B.S. Sh.Rustaveli ko‘chasi oldida Chilonzor tumanida yashovchi D.B. ga Sergeli tumanida qurilayotgan yangi uylardan 3 xonalisini 2018 yil avgust oyiga qadar olib berishini va'da qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan 35 000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. B.S. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
11:23 / 14.01.2026
Maxsus komissiya Yangihayot va Sergeli tumanlarida ekologik reyd o‘tkazdi
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:16 / 08.01.2026