O‘zbekiston | 10:22 / 05.12.2018
8629
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning xalqaro obligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha qarori qabul qilinadi

Foto: Pixabay

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida xalqaro obligatsiyalarni: davlat  obligatsiyalari va korporativ (shu jumladan bank) obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha operatsiyalarni amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanishi belgilab qo‘yilishi mumkin.
 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida har qanday davlat obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish va ularning shartlarini mustaqil ravishda belgilash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanishi belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga davlat obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun tegishli bitimlar va shartnomalarni imzolash vakolati beriladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilinadigan davlat obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun tegishli bitimlar va shartnomalar loyihasiga yuridik xulosa berishni tashkil etadi.
 
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid