Jahon | 08:16 / 06.12.2018
9698
2 daqiqa o‘qiladi

Eron neft qazib olishni qachon va qanday shartda qisqartirishini ma'lum qildi

Foto: AP Photo/Hasan Jamali

Eron neft vaziri Bijon Namdar Zangoniyning ma'lum qilishicha, mamlakat OPEK+ shakli doirasida neft qazib olishni qisqartirish niyatida emas. Vazirning so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.

U Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotining (OPEK) Venada tashkillashtirilgan vazirlar konferensiyasida shunday bayonot bilan chiqdi.

«Biz qazib olish kvotasini qisqartirish bo‘yicha har qanday qarorlardan chetlatilishimiz kerak», - deya ma'lum qildi Zangoniy.

Uning ta'kidlashicha, Eron tomoni AQSh o‘z sanksiyalarini bekor qilmaguncha, neft qazib olishni kamaytirish bo‘yicha qarorga kelmoqchi emas.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, agar Qo‘shma Shtatlar OPEK yordamida Eronga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lsa, unda bunday xatti-harakatlar «noprofessional sanaladi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OPEK a'zolari Moskva va Ar-Riyodning yaqinlashuvidan norozi ekani xabar qilingandi.

Ta'kidlanishicha, tashkilotdagi norozilik shundan kelib chiqmoqdaki, Ar-Riyod OPEK tarkibiga kirmaydigan Rossiya tomoniga neft narxini belgilashda juda katta ta'sir ko‘rsatish imkonini taqdim etmoqda.

Mavzuga oid