Qaçonlardir oğa-ini, slavyanlarning asosi bölgan ikki millat, ikki davlat bugungi kunda özaro oçiq uruşdan taşqari barça turdagi ziddiyatlarni boşdan keçirdi. Köpçilik mutaxassislar tez orada keng qamrovli harbiy harakatlar ham boşlanişidan ogohlantirişmoqda. Xöş, aslida qon-qarindoş bölgan ikki davlatning munosabatlari nega bu qadar çigallaşib ketdi?

Ikki davlat tarixi

Eng qiziği, har ikki mamlakat umumiy tarix – Kiyev rusi bilan faxrlanadi, öz mafkurasini şu asosda quradi, barça adabiyotlarida şonli onlar keng tarğib qilinadi. Ukraina «Kiyev rusi» degan nomning öziyoq Ukraina poytaxti bilan boğliqligini ta'kidlasa, Rossiya rus millatiga urğu beradi va Kiyev azaldan ruslarniki ekanligini da'vo qiladi. Şuningdek, köpçilik rus tadqiqotçilari Ukraina toponimi rusça «Okraina» şahar yoki davlat çekkasi, ya'ni buyuk Rus mamlakatining çetki sarhadi ekanligini singdirişga harakat qilişadi.

Nima bölganda ham möğul-tatar yurişlari davrida umumiy tarix davomiyligiga xuddi slavyanlarning qöşinlari singari barham berildi. Asrlar ötib ruslarning hokimiyati va asosiy kuçlari Kiyev tomondan şarq sari surila boşladi va Moskva, Sankt-Peterburg, Novgorod kabi şaharlarda rivojlaniş kuçaydi. Kiyev va qator şaharlar Buyuk Litva knyazligi tasarrufiga ötib ketdi.

Keyinçalik Pyotr I va Yekaterina II sa'y-harakatlari bilan hozirgi Ukrainaning katta hududi Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi.

Ittifoq yillari

Rossiya imperiyasining tanazzuli, oktabr inqilobi davrida Ukrainadagi qator millatparast kuçlar özlarining mustaqil davlatlarini tuzişga urinib kördi. Ammo qizillarning qöli baland kelişi oxir-oqibat bu hududda ham ittifoqqa böysunuvçi bir respublika tuzilişi bilan yakunlandi. RSFSR va USSR 1922 dekabrdan boşlab ayni şu boşqaruv şaklida ittifoq tarkibiga kirdi.

Ittifoq davrida Ukraina işlab çiqariş, sanoat, madaniyat rivojlangan yetakçi respublikalardan biri bölgan. YaIM hajmi böyiça ittifoq miqyosida faqat Rossiya Federatsiyasidan ortda qolar, bu borada öşa davrlarda hatto Germaniyani ortda qoldiradigan respublika edi. Aholi soni, hududdagi harbiy potensial böyiça ham Ukraina ikkinçi örinni mustahkam egallab kelardi.

Mustaqillik yillari

Ötgan asrning töqsoninçi yillariga kelib ittifoqqa darz ketdi, hamma respublikalar birin-ketin mustaqillik e'lon qila boşlaşdi. Ukraina ham 1991 yilning 24 avgustida öz mustaqilligini e'lon qildi.