Jamiyat | 12:28 / 08.12.2018
6890
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan «Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Qishloq xo‘jaligi hodimlari kuni» deb belgilanganligi munosabati bilan joriy yilning 3-5 dekabr kunlari Toshkent davlat agrar universitetida «O‘zbekiston yoshlari: Agrar soha rivojida mening hissam» mavzusidagi iqtidorli talabalarining ikkinchi ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferentsiya tashkil etilishidan asosiy maqsad Qishloq mehnatkashlari jonbozligini, ularning davlat mustaqilligini mustahkamlashga, mamlakat gullab-yashnashiga qo‘shayotgan hissasi e'tirof etilishi, tarmoqning barcha xodimlar va xizmatchilari – fermerlar, dehqonlar, mexanizatorlar, pillachi va chorvadorlar, qishloqdagi tadbirkorlar, agrar sektorida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning amaliyotlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashishi hamda Respublika talaba-yoshlarni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tizimidagi Oliy ta'lim muassasalari yetakchilari o‘rtasida agrar soha amaliyotida qo‘llanilayotgan tajribalar bo‘yicha fikr va tajriba almashishi, ularning malaka va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishiga qaratilgan.

Tadbirga yig‘ilganlar dastavval universitet Kengashi zalida anjumanning ochilish marosimida qatnashishdi.

So‘ngra «Universitetga sayohat» nomli talaba-yoshlar misolida ko‘rgazma va «Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot va o‘quv-tajriba stansiyasi» hududida talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari  mehmonlarga tanishtirildi. Konferentsiya so‘ngida universitet yoshlari tomonidan tayyorlangan madaniy dastur namoyish etilib, bunda universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar: Respublika final bosqichi ishtirokchilari «Yangi yulduzlar» jamoasi va «Iste'dod» jamoasi ishtirokida teatr namoyishi bo‘lib o‘tdi.

 

Mavzuga oid