Transparency International taşkilotining hisobotiga köra, Yangi Zelandiya jahondagi eng kam korrupsiyalaşgan mamlakat hisoblanadi.

Taşkilot reyting röyxatidagi mamlakatlar 0dan 100 ballgaça baholangan bölib, eng korrupsiyalaşgan mamlakat «0»dan boşlanadi, eng kam korrupsiyalaşgan mamlakat esa «100» ballgaça baholanadi.

10-örin. Niderlandiya — 82 ball

Niderlandiya eng kam korrupsiyalaşgan mamlakatlar yuqori öntaligini oçib beradi.

Mamlakatda mustaqil sud tizimi faoliyat yuritadi. Şu bois hokimiyatning barça böğinlarida korrupsiya holati kam uçraydi. 

Niderlandiyaning har bir fuqarosiga YaIMning 51 885 dollari töğri keladi.

9-örin. Lyuksemburg — 82 ball

Mamlakat aholi jon boşiga YaIM töğri kelişi böyiça jahonda ikkinçi örinda turadi — 103 388 dollar. Lyuksemburgda korrupsiya darajasi past bölsa-da, aholi va siyosiy partiyalar örtasida işonçsizlik mavjud. Lyuksemburgning 53%ga yaqin aholisi öz siyosatçilarini korrupsiyalaşgan deb hisoblaydi.

8-örin. Kanada — 82 ball

2017 yilda Kanadada aholi jon boşiga 47 307 dollar YaIM töğri kelgan. Ammo ayrim sohalarda muammolar mavjud. Kanadadagi biznes rahbarlarining 30%ga yaqini poraxörlikni mamlakatning asosiy muammolaridan biri deb hisoblaydi.

7-örin. Şvetsiya — 84 ball

Şvetsiya fuqarolari yuqori turmuş darajasi, a'lo darajadagi tibbiy xizmat, sifatli ta'lim, fuqarolik erkinliklariga rioya qilinişi va mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoşligi bilan maqtanişlari mumkin. 2017 yilda Şvetsiyada YaIMning aholi jon boşiga töğri kelişi 50 757 dollarni taşkil etgan.

6-örin. Singapur — 84 ball

Eng kam korrupsiyalaşgan mamlakatlar önligiga kirgan Osiyoning yagona davlati. Bunga Singapur asosçisi Li Kuan Yu ulkan hissa qöşgan. Bir avlod almaşuvi davomida mamlakat qaşşoqlik botqoğidan qutulişga, korrupsiyadan xalos bölişga va mintaqadagi yetakçi davlatlardan biriga aylanişga erişdi.