Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan murojaat e'lon qildi.
Uning fikriça, oddiy fuqarolar va davlat hisobiga boyişni istaydiganlarning qarşiliklariga qaramasdan, mamlakatda ötgan bir yil içida köp işlar amalga oşirilgan.
«Asosiy e'tibor korrupsiya paydo bölişiga olib keladigan sabablarni bartaraf qilişga qaratilmoqda. Davlat xizmatçilarining fuqarolar bilan muloqotlarida inson omilini kamaytiriş, tadbirkorlarning işlariga asossiz aralaşuvlar, noqonuniy tekşirişlardan himoya qilişga qaratilgan çoralar qabul qilinmoqda», deya qayd etgan Sooronbay Jeenbekov.
Murojaatda aytilişiça, «Öz çöntagini öylab davlat vakolatlarini suiiste'mol qilganlar nafaqat qonun bilan jazolanişi, balki omma oldida şarmanda qilinişi lozim».
Avvalroq Qozoğistonda korrupsiya bilan boğliq jinoyatlar uçun sudlangan şaxslar röyxatini e'lon qiliş taklif etilgandi.











