Qozoğistonda 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni arafasida korrupsiya bilan boğliq jinoyatlar uçun sudlangan şaxslar röyxatini e'lon qiliş taklif etildi. Röyxatda, şuningdek, bu şaxslarning davlat lavozimlarini egallaş huquqidan qança muddatga mahrum qilingani körsatilişi taklif qilingan.

Taklif “Globallaşuv şaroitlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş” mavzusidagi xalqaro anjumanda bildirilgan.

Qozoğistonning Davlat xizmati işlari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi saytida bunday islohotlarni amalga oşiriş uçun bir qator özgartirişlarning amalga oşirilişi, jumladan politsiyaning qoğozdagi köplab ma'lumotlar bazasini raqamli şaklga aylantirişning zarurligi ta'kidlab ötilgan.  

Bundan taşqari, ekspertlar akademik sohadagi barça dissertatsiyalarni plagiat mavjudligiga tekşiriş taklifini bildirişgan.