Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning yetti muzeyi tomonidan ishlangan “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya albomlarida” taqdimoti o‘tkazildi
“Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya to‘plamlarida” albomi taqdimoti Toshkentda start berilgan madaniy meros forumidagi yorqin chiqishlardan biri bo‘ldi. Taqdimot Mixo muzeyi (Sigaraki, Yaponiya) maxsus ilmiy xodimi Sergey Laptev tomonidan o‘tkazildi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Mazkur albomning o‘ziga xosligi shundaki, u nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyo madaniy merosi namunalarini o‘z ichiga qamrab olgan, zero u yoki bu predmetlarning kelib chiqishini ishonchli aniqlash imkoni yo‘q.


O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgani hech kimga sir emas. Yaponiya esa uning eng sharqiy qismida joylashgan. Aynan shuning uchun albom so‘nggi 40 yilda kunchiqar mamlakat aholisi orasida mashhur. Sergey Laptevning ma'lum qilishicha, albom ustida Yaponiyaning yetti muzeyi ish olib borgan.

Barcha albomlar bilan Temuriylar davlat muzeyi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari markazi media-xollida tanishish imkoni mavjud.
Mavzuga oid
08:40
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
19:35 / 05.07.2026
O‘zbekiston aviayuk tashish sur’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi - OAV
14:42 / 04.07.2026