Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: sobiq GDR xavfsizlik xizmati arxividan Putin nomiga berilgan guvohnoma topildi
Foto: AFP
Sobiq GDR davlat xavfsizligi vazirligi (Shtazi) arxivi bilan ishlaydigan bo‘lim hujjatlar orasida Vladimir Putin nomiga berilgan xizmat guvohnomasini topdi. Bu haqda Bild gazetasi xabar bermoqda.
Nashrning bildirishicha, hujjat Shtazining Drezdendagi boshqarmasining "Kadrlar va ixtisosliklar" bo‘limi hujjatlari ichida bo‘lgan.
Qayd etilishicha, guvohnoma mayor Vladimir Putinga 1985 yil 31 dekabrda berilgan bo‘lib, 1989 yil oxirigacha muddati uzaytirib kelingan va unda Putinning imzosi bo‘lgan. Drezdendagi Shtazi arxivi bilan ishlaydigan bo‘lim boshlig‘i Konrad Felberning aytishicha, Putin bu guvohnoma bilan GDR davlat xavfsizlik organlari idoralariga hech qanday to‘sqinliksiz kira olgan.
Putin 1975 yilda Leningrad davlat universitetini bitirganidan so‘ng sobiq SSSR davlat xavfsizlik qo‘mitasiga ishga kirgan. U 1985 yilda DXQning GDRdagi vakolatxonasiga jo‘natilgan va 1990 yilgacha Drezdenda ishlagan.
Putin Germaniyada ishlagani haqida 2018 yil boshida namoyish etilgan "Putin" nomli filmda ochiq aytgan.
Mavzuga oid
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
15:03 / 30.04.2026
Tramp Putin bilan gaplashdi
23:04 / 27.04.2026
«Hokimiyat - bu og‘ir mehnat» – Putin Soljyenitsinning so‘zlarini eslatdi
23:38 / 22.04.2026