O‘zbekiston | 19:00 / 11.12.2018
6110
1 daqiqa o‘qiladi

Tariflari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli xizmatlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritildi

Foto: 123RF

Hukumat qaroriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga kiritilayotgan qo‘shimchalar

Quyidagi mazmundagi 22 va 23-bandlar qo‘shildi:

“22. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga tegishli umumta'lim fanlari bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish xizmatlari (Xalq ta'limi vazirligining maxsus tasdiqlanadigan ro‘yxati bo‘yicha).

23. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining “O‘quv ta'lim-ta'minot” davlat unitar korxonasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid