Jahon | 20:47 / 14.12.2018
16175
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilning eng yomon parollari ma'lum qilindi 

Foto: blog.ukrnames

SplashData kompaniyasi 2018 yilning eng yomon parollarini e'lon qildi. Reytingda ancha yillardan beri eng yuqori pog‘onani egallab kelayotgan “123456” paroli yetakchilik qilmoqda. 

Keyingi o‘rinlarda password, 123456789, 12345678, 12345, 111111, 1234567, sunshine, qwerty va iloveyou parollari kelmoqda.

Shuningdek, eng ommalashgan parollar qatoridan 666666, admin, princess, welcome, monkey va donald ham o‘rin olgan. Reytingga umumiy hisobda foydalanuvchilar orasida eng ommalashgan 100 ta parol kiritilgan.

Mavzuga oid