Parollar menejyeri sayti NordPass 200 ta eng işonçsiz va köp qöllanuvçi parollar röyxatini taqdim etdi. Röyxat kiberxavfsizlik böyiça mustaqil ekspertlar guruhi tomonidan tuzilgan.

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, bunday statistika yildan yilga takrorlanmoqda. Ular buni odamlar parolni esdan çiqarib qöyişdan qörqib eslab qolinişi oson bölgan parollarni tanlaşlari bilan tuşuntirişgan. Bunday “zaif” parollardan esa jinoyatçilar foydalanişi mumkin.

Röyxatdan joy olgan eng işonçsiz parollar raqamlardan tuzilgan parollar hisoblanadi. Quyida bu boradagi statistika keltirilgan.

1-örin – 12345 paroli (2 812 220 odam foydalanadi).

2-örin -  123456 (2 485 216 odam).

3-örin — 123456789 (1 052 268 odam).

Şuningdek, parol sifatida password (inglizça “parol”) sözi ham köp qöllanadi – bunday paroldan 830 846 kişi foydalanar ekan.

Şuningdek, foydalanuvçilar orasida quyidagi parollar ommalaşgan:

- qwerty (348 765 kişi);

- iloveyou (171 657 kişi);

- princess (122 658 kişi);

- monkey (86 404 kişi).

Şuningdek, odamlar ommabop ismlar (charlie, ashley, michael, nicole, jessica) va sport turlari nomlaridan (soccer, football, baseball) köp foydalanişadi.

“Ma'lumotlar borgan sari qimmatliroq bölib bormoqda. Microsoft, Yahoo va Facebook kabi yirik kompaniyalar qoidabuzarliklarga duç kelayotgani sababli, foydalanuvçilar öz ma'lumotlarini özlari asraşlari lozim. Şu sababli, quyoş va ajdarholarni yaxşi köruvçi liverpullik barça Mişellar hoziroq öz parollaringizni özgartiring”, deb tavsiya qilmoqdalar mutaxassislar.

Google işonçli parolni yaratişda quyidagilarga amal qilişni tavsiya qiladi: