Muallif özining Datagenetics saytida e’lon qilgan maqolasida bu tahlillar xakerlar va öğrilar öz jirkanç harakatlarini amalga oşirişda foydalanişlari uçun yozilmaganini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, u öz dalillarini isbotlaş uçun ayrim ma’lumotlarni oşkor qilgan, biroq aniq ma’lumotlarni taqdim qilmagan.

“Men foydalangan ma’lumotlar bazasini sörab, menga elektron poçta orqali xabar yubormang – vaqtingizni behuda sarflaysiz, çunki men javob bermayman. Asl ma’lumotlarni sotiş, beriş yoki naşr etiş niyatim yöq – söramang!” – deb yozadi u.

Nik işlab çiqqan grafikda oqarganlik darajasi parol qançalik keng tarqalganini bildiradi. Masalan, 1234 sariq-oq rang bölgani tufayli unga eng oson topiluvçi parol deb qarasak böladi va aksinça, 0859 paroli esa juda ham qora rangda bölib, u kam uçraydigan parol ekanini tuşunamiz.

“Men deyarli 3,4 million tört xonali parolni topa oldim. 0000 dan 9999 gaça bölgan 10 000 ta raqamli kombinatsiyaning har biri ma’lumotlar töplamida taqdim etilgan. Bularning içida eng maşhur parol – 1234 ekan. 3,4 millionta parolning 11 foizini 1234 taşkil qiladi”, – deydi u.

Keyingi eng maşhur tört xonali pin-kod 1111 bölib, bunday parollar jami pin-kodlarning 6 foizini taşkil qiladi.

Uçinçi örinda eng maşhur parol esa – 0000, bu jami parollarning 2 foizini taşkil qiladi.

2-rasmda 20 ta eng maşhur parollar jadvalini körişingiz mumkin. Uşbu 20 ta kombinatsiyani sinab köriş orqali barça parollarning 26,83 foizini taxmin qiliş mumkin.

Eng köp tarqalgan 4 xonali parollar

Yuqoridagi bir neçta yozuvlarni diqqat bilan körib çiqsak, eng köp taxmin qilib topiş mumkin bölgan parollar quyidagilar:

1111, 2222, 3333...9999, şuningdek, 1212 va 6969. Röyxatda 4321 yoki 1010 ni emas, balki 1122 va 1313 kabi parollarni yuqori örinlarda köriş ajablanarli emas.