O‘zbekiston | 15:32 / 14.12.2018
11115
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ayrim mahallalarning hududiy chegaralari o‘zgartiriladi va yangi mahallalar tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahridagi ayrim mahallalarning hududiy chegaralarini o‘zgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi va tuman hokimliklarining ayrim mahallalar hududiy chegaralarini qayta ko‘rib chiqish va yangi mahallalarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Toshkent shahridagi mahallalarning hududiy chegaralarini qayta ko‘rib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahallalar ro‘yxati va ularning nomlari, bo‘linishi hisobiga tashkil etilayotgan mahalla chegaralari tavsiflari tasdiqlanishi mumkin.

Toshkent shahridagi mahallalar soni 508 ta deb hisoblanadi.

Mahallalar hududiga o‘zgartirish kiritilgan tuman hokimliklari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari (F.Mahmudxo‘jayev):

yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yig‘inlarining to‘liq shakllanishi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

hududlarga o‘zgartirish kiritilgan mahallalarda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boradi.

Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi (L.Ismatullayev):

yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun zarur mablag‘larni mahalliy byudjyetdan  belgilangan tartibda ajratish choralarini ko‘radi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari (F.Mahmudxo‘jayev), Qurilish bosh boshqarmasi (B.Xolmatov), Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G‘.Rasulov), Davlat soliq boshqarmasi (N.Tursunov):

Mazkur qarorga asosan hujjatlarga o‘rnatilgan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Ijtimoiy-madaniy, rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari E.Shukurov zimmasiga yuklatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid