Jahon | 22:45 / 15.12.2018
11097
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Turkiyaning Suriyada kurdlarga qarshi operatsiya o‘tkazishidan xavotirlanmoqda

Foto: tccb.gov.tr

AQSh hukumati Turkiyaning Suriyadagi kurd tuzilmalariga qarshi operatsiya o‘tkazishi haqidagi bayonotidan xavotirga tushdi. Bu haqda Vashington ma'muriyatidagi manbasiga asoslanib The Washington Post yozmoqda.

Vaziyat "hali ham beqaror va Turkiya bayonoti xavotir uyg‘otadi", degan manba. Nashrning qayd etishicha, Turkiya va AQSh prezidentlarining juma kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida Suriyadagi so‘nggi voqealar muhokama qilinganligi "oz bo‘lsa ham umid beradi".  

Juma kuni Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an agarda AQSh Manbijdagi kurd tuzilmalarini olib chiqib ketmaydigan bo‘lsa, Turkiya u yerga kirishi haqida ma'lum qilgandi.  

Anqara Vashingtonni Suriya shimoli-sharqini nazorat qilib turgan kurd guruhlariga qurol yetkazib berishda bir necha bor ayblagandi. Turkiya YPG guruhini terrorchilik tashkiloti deb e'lon qilingan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqadorlikda ayblab keladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid