O‘zbekiston | 14:36 / 15.12.2018
38538
2 daqiqa o‘qiladi

Senatda harbiy xizmatchilar masalasi ko‘tarildi. Bosh vazirga so‘rov yuboriladi

Foto: KUN.UZ

Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovga shartnoma asosida harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati hamda sohada huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

Qayd etilishicha, joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar, aholi bilan muloqot va ularning murojaatlari natijasida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish, xizmat muddatini uzaytirish va xizmatdan bo‘shash bilan bog‘liq bir qator muammolar borligi aniqlangani parlament so‘rovi yuborish zaruratini yuzaga keltirgan.

Shuningdek, senatorlar harbiy xizmatga kirishda turli byurokratik to‘siqlar mavjudligi, sobiq harbiy xizmatchilar va pensiya olish huquqini beradigan stajga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilarning bandligini ta'minlash va jarayon tartib-taomillari oshkora emasligi masalasini ham ko‘tarib chiqishdi.

Muhokama etilgan masala bo‘yicha senatorlar yakdil qarorga kelishdi va Bosh vazir Abdulla Aripovga parlament so‘rovi yuborish qarori ma'qullandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid