Salome Zurabishvili Gruziya prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi
Gruziyada 28 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgan, mamlakatning 5-prezidenti Salome Zurabishvilining inauguratsiyasi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Zurabishvili Telavi shahridagi podshoh Irakliy Ikkinchi (1720-1798) qarorgohi bo‘lgan “Batonis tsixe” majmuasida prezident lavozimini bajarishga kirishdi.
Zurabishvili Gruziya konstitutsiyasiga qo‘lini qo‘yib qasamyod keltirdi. U mamlakat birdamligini saqlashga va fuqarolar xavfsizligi haqida qayg‘urishga va'da bergan. So‘ngra Gruziya madhiyasi yangrab, artilleriya qurolidan 7 marcha otilgan.
Marosimga 55 ta davlatdan 1800 mehmon, jumladan Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi, Armaniston prezidenti Armen Karapetyan tashrif buyurgan.
Zurabishvili ushbu lavozimni 6 yil egallaydi.
Bu orada saylovlarda yutqazgan Grigol Vashadze tarafdorlari Telavidagi teatral maydonda namoyishlar o‘tkazishgan. Vashadzening o‘zi politsiya to‘siqlaridan o‘tib, o‘z tarafdorlariga qo‘shilishga muvaffaq bo‘lgan. “Bizda konstitutsiya yo‘q, erkin harakatlanish huquqi yo‘q, tanlov yo‘q, yig‘ilishga huquq, so‘z erkinligi yo‘q. Amaldagi hokimiyat o‘z fuqarolaridan qo‘rqadi va politsiya kordonlari ortida odamlardan yashirinishga urinadi”, deb aytgan Vashadze.
Mavzuga oid
20:18 / 06.11.2024
Tramp inauguratsiyasi sanasi belgilandi
09:10 / 31.10.2024
Gurjiston prezidenti Zurabishvili prokuraturaga borishdan bosh tortdi
19:23 / 30.10.2024
Gurjistonda saylovlar bo‘yicha tergov boshlandi. Mamlakat prezidenti so‘roqqa chaqirildi
23:06 / 27.10.2024