Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi hech bir mamlakat bunday yo‘l tutmagan: Niderlandiya o‘zini dengizdan himoya qiladi
Dengizga chiqish imkoniyatining mavjudligi katta afzallik hisoblanadi. Uning yordamida dengiz flotiga ega bo‘lish, baliqchilik sohasini rivojlantirish, yirik dengiz portlarini qurish va iqtisodiy jihatdan ko‘plab boshqa afzalliklarga ega bo‘lish mumkin. Biroq taqdirning bu kabi barcha hadyalari u qadar yoqimli emas. Dengiz nafaqat farovonlik va rivojlanish manbai, balki mamlakat aholisi uchun dahshatli tahdid ham ekan. Bugun gap Niderlandiya va bu mamlakatning Shimoliy dengizdan qanday qilib “himoyalanayotgani” haqida boradi.
Niderlandiya hududining katta qismi dengiz sathidan pastda joylashgan. Aynan shu sabab Yevropaning ushbu mintaqasi aholisi hududda yerni quritish ishlarini olib borishgan. Bu mamlakatda shamol tegirmonlarining ko‘p miqdorda bo‘lishi ham bejiz emas: ularning bari quritilayotgan yerlardan dengiz suvini haydash maqsadida o‘rnatilgan. Niderlandiya aholisi tomonidan barpo etilgan ko‘plab kanal, to‘g‘onlar birgina maqsad - hayot va yerga ishlov berish uchun yanada ko‘proq yerni quritish uchun xizmat qilgan.


Biroq, XX asrda Niderlandiya o‘zini yanada xavfsiz darajaga olib chiqishga qaror qildi. 20-yillarda Afslyoytdeyk nomli ulkan to‘g‘on qurilishi boshlandi va 1932 yilga kelib qurilish ishlari yakunlandi. Ushbu himoya to‘g‘onining qurilishi 1953 yilda sodir bo‘lgan falokatli suv toshqini vaqtida ko‘plab insonlar hayotini asrab qoldi.
Biroq mamlakatning yana bir nozik joyi mavjud edi. Bu suv toshqinlari tez-tez sodir bo‘ladigan Reyn daryosining deltasi edi. Ana shu yerda, Maas va Shelda daryosining deltalarida toshqinlar vaqtida chegaralash uchun bir necha himoya to‘g‘onlarini qurishga qaror qilindi. 50-yillardan boshlab 90-yillarga qadar bu yerda “Delta” nomli yirik loyiha amalga oshirildi. Ayrim inshootlar esa hozir ham modernizatsiya qilinmoqda. Jami 16 ming kilometrdan ortiq to‘g‘on va turli konstruksiyadagi toshqinga qarshi to‘siqlar qurildi.



Niderlandiya tarixi – yashab qolish uchun tugamas kurashdan iborat. Dunyodagi hech bir mamlakat o‘z hududini dengizda vujudga kelgan turli toshqinlardan himoya qilishi uchun u kabi ko‘p miqdorda yirik hajmdagi loyihalarni amalga oshirmagan. Biroq global isish hamda Tinch okeanda suv ortgani sayin ayovsiz Shimoliy dengiz bilan kurash yanada kuchaydi. Suv toshqinlaridan mamlakatni himoya qilish borasidagi urinishlarga qaramay, hali niderlandlar uchun to‘xtashga erta. Dengiz sathining tobora ortib borishi sababli hozirda mavjud qurilmalar yaqin 50 yil uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun muhandislar muammoning yangi yechimlari haqida bosh qotirishmoqda.
Mavzuga oid
08:19 / 01.07.2026
Dengizlar hukmdorlari: dunyodagi eng kuchli 7 ta suvosti kemasi
08:30 / 15.06.2026
Dengiz o‘rtasidagi shaharlar: dunyodagi eng yirik neft platformalari
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026