Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bu haftada qorli kunlar kutilmoqda
Boshlangan haftada O‘zbekistonning bir qancha hududlarida kuchli qor yog‘ishi va muzlash kuzatiladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazining haftalik prognozida keltirilgan.
O‘zbekistonda 18 dekabrdan boshlab havo harorati sezilarli darajada pasayadi: 18–19 dekabr kunlari harorat 3–8 darajaga pastlab, 19 dekabr kuni kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Haftaning seshanba va chorshanba kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Hafta o‘rtasida kuchli tumanlar tushishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo harorati keskin pasayib, kunduzi -3 darajagacha, kechasi -7 darajagacha sovuq bo‘lishi, qor yog‘ishi mumkin. Hududlarda shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 19 dekabr kuni shamol tezligi sekundiga 15-20 metrga ko‘tarilishi mumkin. 20-21 dekabr kunlari kunduzi 0...+5 daraja iliq, tunda 0...-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yomg‘ir va qor yog‘adi, faqat 21 dekabrga borib yog‘ingarchiliklar to‘xtaydi. Tuman tushishi mumkin. Havo harorati kunduzi +5...+10 daraja iliq, tunda 0...-5 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bulutli havo kuzatiladi, 19-20 dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin (yomg‘ir, qor). 21-22 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmayapti, tuman tushishi mumkin. Harorat kunduzi 0...+5 daraja iliq, kechasi -3 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.
Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida bulutli havo kuzatiladi, tuman tushishi mumkin. 19-22 dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi, yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq o‘rtasida bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
11:24 / 08.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
11:53 / 25.05.2026