Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga köra, 16–19 iyun kunlari respublika böylab kuzatiladigan yoğingarçiliklar ayrim hududlarda sel kelişi va suv toşqinlarini keltirib çiqarişi mumkin.
Xususan, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toşkent, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlarining toğoldi hamda toğli tumanlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi ehtimoli yuqori.
Mutaxassislar toğli hududlarda yaşovçi aholi, sayyohlar, dam oluvçilar va mazkur hududlar orqali harakatlanuvçi haydovçilarni ehtiyot çoralarini körişga çaqirmoqda.
Şuningdek, kuçli yomğirlar oqibatida respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi mumkin. Bu esa pastqam joylarni suv bosişi va transport harakatida qiyinçiliklar yuzaga kelişiga sabab bölişi mumkin.
Mutasaddilar fuqarolarga ob-havo ma’lumotlarini kuzatib boriş, xavfli hududlarda ehtiyotkorlikka rioya qiliş hamda zarurat bölmasa toğli hududlarga safarlarni çeklaşni tavsiya qildi.












