Jamiyat | 14:06 / 19.12.2018
9496
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Ipak Yo‘li” bankining yangi mobil ilovasi: Moliyangizni masofadan turib boshqaring!

Foto: Ipak Yo‘li

Aktsiyadorlik innovatsiya tijorat «Ipak Yo‘li» banki o‘z an'analariga sodiq holda hamisha o‘z mijozlariga eng zamonaviy bank mahsulotlarini taqdim etishga harakat qiladi. Raqobat kuchaygani sari banklar mijozga katta ahamiyat berishmoqda, jumladan mijozlar bilan ishonch va yuksak xizmat ko‘rsatish darajasiga asoslangan uzoq muddatli aloqalar o‘rnatishga.

Bank bozori rivojlanishining ushbu bosqichida «Ipak Yo‘li» banki mahsulot siyosatida kelajakda bank biznesining yuqori darajada raqobatbardoshligini aniqlab beradigan 4ta asosiy yo‘nalishni bosh maqsad qilib olgan, bular: multi-kanallik, masofaviylik, kecha-yu kunduz xizmat ko‘rsatish, avtomatlashtirilganlik. 

Internet,smartfon va ijtimoiy tarmoqlar odamlar hayotida asosiy o‘rinlardan birini egallagan global raqamlashtirish davrida kompaniyalar mijozlarga masofadan turib, oson va tezkor xizmat olish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol o‘zlashtirmoqdalar, zero, yuqori funksionalli dasturiy ta'minot(masalan, mobil ilova, veb ilova, telegram bot) raqobatbardoshlikni oshiradi.

«Mijozlarimizning takliflari, ehtiyojlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganib, mobil bankingning funksiyalariga, dizayniga,qulayligiga yangicha yondashuv bilan qaraldi. 2018 yilning 19 dekabridan «Ipak Yo‘li» banki jamoasi «IpakYo‘li Mobile» jismoniy shaxslar uchun mobil ilovasini yangi formatdagi mijozlariga taqdim etmoqda. Bu mahsulot bizga mijozlarimizning bank xizmatidan roziligi hamda ularning sadoqati oshishiga sabab bo‘ladi»,- deb izoh berdi «Ipak Yo‘li» bankining chakana biznes departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Tavakkalov.

Quyida mazkur mobil ilovaga kiritilgan innovatsion xizmatlarni sanab o‘tamiz:

- «Avtoto‘lov» servisi: doimiy to‘lovlar (bolalar bog‘chasi xizmatlari to‘lovi, shaxmat to‘garagi uchun to‘lov, uy interneti, kabel televideniyasi va boshqa to‘lovlar) «tanlab olingan»ga kiritilganda regulyar tarzda (har hafta, har oyda) to‘lanishiga sozlab qo‘yilishi mumkin.

- Push-xabar berishChet elga chiqayotgan bank mijozlari tranzaksiyalar haqida xabar olish uchun endi xalqaro roumingga ega bo‘lishlari shart emas, ma'lumot Push-xabar berish orqali kelib tushadi.

- «kartadagi bank»: yaqin oradagi bankomat va bank ofisini topish bir necha soniya vaqt oladi. Interaktiv kartada yaqin oradagi bankomat/bank ofisiga olib boruvchi yo‘l ko‘rsatiladi.

- «Qayta qo‘ng‘iroq buyurtmasi»: mijoz qo‘ng‘iroq qilishi shart emas,u qayta qo‘ng‘iroqqa buyurtma berishi yoki o‘z muammosining smartfondagi rasmini ilova qilishi mumkin.Bu mijozlar bilan kommunikatsiyani yanada osonlashtiradi.

- ixtiyoriy milliy karta va hisob-raqamdan to‘lovlarni amalga oshirish: to‘lov servislariga mobil hamyon, boshqa banklar kartalaridan to‘lovlarni amalga oshirish, ixtiyoriy kartadan kreditlarni to‘lash imkoniyati qo‘shilgan.

- «Ekspress-to‘lov» xizmati: telefon raqamlari kitobida bo‘lgan tanishiga karta haqidagi ma'lumotlarisiz pul o‘tkazish imkoniyati;

- «Yuridik shaxslar hisoblariga to‘lov»: to‘lov topshiriqnomasiga o‘xshab yuridik shaxslar hisoblariga to‘lov to‘lash imkoniyati va boshqa ko‘plab xizmatlar.

«Yangi «Ipak Yo`li Mobile» mobil ilovasida menga qulayligi, yaxshi shrift va ikonkalari juda yoqdi. Shu bilan birga men o‘z operatsiyalarim bo‘yicha batafsil ma'lumot ham olaman, tag‘in nafaqat plastik karta bo‘yicha. Boshqa nobank tashkilotlar ilovalari bilan taqqoslaganda ushbu ilova menga bankka bormay turib, 24/7 tartibida barcha mavjud bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu juda qulay va ko‘p vaqtni tejaydi» - deydi «IpakYo`liMobile» mobil ilovasi sinovida ishtirok etgan «Ipak Yo‘li» banki mijozi Aleksandrov Anton.

Shu bilan birga yaqin istiqbolda mazkur yangi mobil ilova bizning bozorimiz uchun noyob bo‘lgan yana boshqa funksiyalar bilan to‘ldirilib boriladi.

Umuman olganda, Bank mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilashga, jismoniy shaxslar uchun ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatishni tatbiq etishga kuch-g‘ayratini ayamaydi.

Foto: Ipak Yo‘li

Eslatma: Yangi mobil ilovani yuklab olish uchun quyidagi manzilga: https://nmobile.ipakyulibank.uz/download/kirish lozim va o‘zingizning oldingi loginingizni kiritib, oldingi parolingizni tushiring. Yangi mobil ilova foydalanishga kiritilishi munosabati bilan, avvalgisi 2018 yilning dekabr oyi oxirigacha ishlaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid