Germaniyaning DEG taraqqiyot moliya instituti va Niderlandiyaning Triodos Investment Management investitsiya kompaniyasi “Ipak Yöli” Banki aksiyalarining qöşimça uluşini sotib oldi va Bank aksiyadorlik kapitalidagi egalik uluşini har biri 15,59%gaça oşirdi.

Mazkur şartnoma xorijlik investorlarning Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarga bölgan işonçi va kelgusida mamlakat taraqqiyotini qöllab-quvvatlaşining tasdiği, şuningdek, “Ipak Yöli” Banki barqaror ösayotganining belgisidir.

Ustav kapitalini oşiriş Bank taraqqiyotining 2022-2024 yillarga möljallangan strategiyasini amalga oşiriş yönalişlaridan biri bölib, mikro, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, şuningdek, Özbekistondagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun keng qamrovli sifatli xizmatlarni taqdim etiş imkoniyatidir.

Foto: Ipak Yöli

“2020 yilda qilingan dastlabki investitsiyalardan boşlab, “Ipak Yöli” Banki yangi xorijiy aksiyadorlari tomonidan nafaqat kapital taqdim etiş, balki eng yaxşi xalqaro amaliyotni joriy etiş va yangi xorijlik hamkorlar bilan aloqa örnatişda yetarliça kömakni his qildi. Qöşimça investitsiya xorijiy aksiyadorlarimiz bankni qöllab-quvvatlaşga va Ipak Yöli Bankining barqaror rivojlanişiga özining salmoqli hissasini qöşişga tayyorligini yana bir bor isbotladi”, — deb ta’kidlab ötdi “Ipak Yöli” AITB Boşqaruv raisi Saidabror Saydahmedov.

Rivojlaniş rejalarini belgilaş va ularga erişiş strategiyasini belgilaş maqsadida xorijiy aksiyadorlarning taşabbusi va faol iştirokida “Ipak Yöli” Bankining Strategik sessiyasi taşkil etildi. Sessiya doirasida Bank boşqaruvi, Kuzatuv kengaşi a’zolari va yirik aksiyadorlar vakillari Bankning joriy faoliyatini, yuzaga kelayotgan yangi muammolar va rivojlaniş salohiyatini çuqur tahlil qilişdi. Muhokamalar natijasida jadal rivojlanayotgan bozor tendensiyalari va oçilayotgan yangi imkoniyatlarni hisobga olgan holda Bankning örta muddatli istiqbolga yönaltirişning yangilangan strategiyasi belgilandi.

“DEGning “Ipak Yöli” Bankiga 2020 yildagi dastlabki kiritilgan sarmoyasi Bank bilan köp yillik hamkorlikdan söng töğri qadam böldi. Şundan buyon munosabatlar köp jihatlarda yaxşilandi. Bank biznes nuqtai nazaridan juda yaxşi natijalarni körsatmoqda va öz mijozlari bilan korporativ boşqaruv hamda, ekologik va ijtimoiy masalalarni hal etiş sohasida yetakçi hisoblanadi. Kapitalni köpaytirişda, şuningdek, DEG uluşini oşirişda iştirok etib, biz bankni ösiş va banklar xizmatlaridan foydalanmaydigan köp sonli mijozlarni qamrab oliş yölida qöllab-quvvatlaşdan mamnunmiz”, — dedi DEG boşqaruvi a’zosi Monika Bek xonim.