Jamiyat | 13:50 / 19.12.2018
7553
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda fuqaro tabiiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etdi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 18 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashagan S.H. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqib, nazoratsiz qoldirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda u gaz plitasidan sizib chiqqan tabiiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada bir yoshli bola is gazidan vafot etgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid