Sport | 22:30 / 20.12.2018
36722
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov «Arsenal»ga qancha pul sarflagani haqida so‘zlab berdi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning aytishicha, u Londonning “Arsenal” klubiga 150 mln funt sterling sarmoya kiritgan. Tadbirkorning ta'kidlashicha, yana bir rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich “Chelsi” klubiga 1 mlrd funt sterlingdan ko‘proq pul sarflagan.

“Chelsi” hozirda ancha qimmat – 2,5-3 mlrd dollar atrofida turadi, u [Abramovich] esa 1-1,5 mlrd funt sterling sarmoya kiritgan. U yaxshigina pul ishlab olishi mumkin. Biroq, menchalik 3 karra emas. Men “Arsenal”ga 150 mln funt sterling sarflaganman”, deydi milliarder.

“Men “Arsenal”ni nega sotdim? Pat holati yuzaga keldi. Bir u aksiyadordan, bir boshqasidan himoyalangan minoritariylar koalitsiyasi Sten Kronkega aksiyalarni sotdi. Biz uzoq vaqt muzokaralar olib bordik, undan aksiyalar paketini (67 foiz aksiya) sotib olmoqchi bo‘ldik, biroq Kronke uni sotishni istamayotganini angladik. Shunda biz sotishga qaror qildik. Klubda amaldagi ishlar borishi, amaldagi rahbariyat bilan qolishdan ma'no yo‘q edi. U menga taklif qilmoqchi bo‘lgan narximga deyarli teng narxni taklif qildi. Biznes axloq yuzasidan unga javob bermaslik noto‘g‘ri bo‘lardi. Shunda men aksiyalarni sotib yubordim”, deb qo‘shimcha qilgan Alisher Usmonov.

Usmonov “Arsenal”ning o‘ziga tegishli 30 foiz aksiyasini milliarder Sten Kronkega sotib yuborgan. Klubning umumiy narxidan (1,8 mlrd funt sterling) kelib chiqib, Usmonov o‘z ulushini 550 mln funt sterlingga sotishga rozi bo‘lgani aytilgan. 2013 yilda Usmonov Kronkega shunday taklif bilan chiqib, unga tegishli ulush uchun 1,3 mlrd funt sterling taklif qilgan.

Mavzuga oid