Jahon | 08:02 / 20.12.2018
4476
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada aksilterroristik missiyadan voz kechmaydi

Foto: Hussein Malla / AP

Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyadan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan so‘ng, aksilterroristik missiyasini o‘zgartirish niyatida emas. Bu haqda RIA Novosti ma'muriyatning yuqori lavozimli xodimiga asosan xabar bermoqda.

«Bizning aksilterroristik missiya o‘zgarishsiz qoladi», - dedi amaldor.

Ta'kidlanishicha, AQSh IShIDga nisbatan ogohlikni saqlab qolishda davom etadi hamda Suriyada «kampaniya yangi bosqichiga» o‘tishda aksilterrorizm bo‘yicha missiya AQSh prezidenti Donald Trampning ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshlagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid