Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning iqtisodiy josuslik bo‘yicha ayblovlariga javob qaytardi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligidan ma'lum qilishlaricha, Pekin AQShning iqtisodiy josuslik bo‘yicha ayblovlarini keskin rad etadi hamda Vashingtonni ayblovlarni bekor qilishga chaqiradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Qo‘shma Shtatlarni tijorat sirlarini o‘g‘irlashda gumonlanayotgan Xitoyning ikki fuqarosiga qarshi ayblovlarni bekor qilishga chaqirdi. 20 dekabr kuni kechqurun AQSh va Buyuk Britaniya Xitoyning ikki fuqarosiga xavfsizlik xizmatlari buyurtmasiga ko‘ra xakerlik hujumlarini amalga oshirganlik bo‘yicha ayblov qo‘ydi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoyni iqtisodiy josuslikda ayblash niyatida ekani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh Afrikada Rossiya va Xitoy bilan raqobatni boshlamoqchi ekani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026