Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘ldagi bozor hududida fuqaro ayol kishini pichoqlab qo‘ydi
Joriy yilning 19 dekabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida Niyozbosh qishlog‘ida yashovchi U.A. “Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” hududida o‘zaro janjal tufayli Baytish mahallasida yashovchi D.R. (ayol)ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada D.R. kasalxonaga yotqizilgan. U.A. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:10
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026