Jahon | 22:38 / 21.12.2018
5957
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yarim yilga uzaytirdi

Foto: EPA-EFE/OLIVIER HOSLET

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni navbatdagi 6 oyga uzaytirdi. Sanktsiyalarning amaldagi muddati 2019 yil 31 yanvarda yakuniga yetadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi kengashi matbuot xizmati ma'lum qildi.

“Kengash 21 dekabrda Rossiya iqtisodiyotining muayyan sektorlariga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni 2019 yil 31 iyulgacha uzaytirdi”, deyilgan xabarda. 

Hujjatda ta'kidlanishicha, bu qaror “Minsk kelishuvlarini amalga oshirishda hech qanday ildamlash yo‘qligi” bilan bog‘langan.

Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar Malayziyaning MH17 reysini amalga oshirayotgan Boeing samolyoti Donbassda halokatga uchragandan keyin 2014 yil 31 iyulda kiritilgan. O‘shandan beri ular har 6 oyda hech qanday o‘zgarishsiz uzaytirib kelinadi. Yevropa Ittifoqi 2015 yil martda sanksiyalar Minsk kelishuvlari amalga oshirilsagina bekor qilinishi mumkinligiga qaror qilgan. 

Mavzuga oid