Jahon | 08:38 / 22.12.2018
17164
1 daqiqa o‘qiladi

AP: Eron AQSh aviatashuvchisi yonida raketalar uchirdi

Foto: AFP

Eron kemalari AQShning John C. Stennis aviatashuvchisi yonida raketalar uchirdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari kemasi AQSh Eron yadro bitimidan chiqqanidan so‘ng, Fors ko‘rfaziga birinchi marta kirdi. Uni Eron inqilob gvardiyasi kemalari kuzatib borgan. Shu bilan birga, Eron tomoni uchuvchisiz uchar qurilma va raketalarni qarama-qarshi tomonga qarab uchirgan.

Avvalroq, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining John C. Stennis atom aviatashuvchisi boshchiligidagi kemalari guruhi Fors ko‘rfaziga kirgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya Eronni AQSh sanksiyalari yangi to‘lqinidan himoya qilishi haqida ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid