Jahon | 15:47 / 22.12.2018
24607
1 daqiqa o‘qiladi

NASA Yerga "bayram" asteroidi yaqinlashayotgani haqida ma'lum qildi

Foto: NASA / JPL-Caltech / GSSR / NSF / GBO

NASA Yerga yaqinlashayotgan g‘ayrioddiy shakldagi asteroid suratini e'lon qildi.

Olimlarning qayd etishicha, 2003 SD220 deb nomlangan bu asteroidning ko‘rinishi suvda suzayotgan begemotni eslatadi. NASA Rojdestvo bayrami arafasida paydo bo‘lgan bu asteroidni "bayram" asteroidi deb atadi.

Uning uzunligi kamida 1,6 kilometrni tashkil etadi. Hajmi kattaligi sababli u "xavfli" tasnifiga kiritildi, ammo u sayyoramizga xavf solmasligi taxmin qilinmoqda.

Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, keyingi 400 yil davomida 2003 SD220 asteroidi Yerga 2,9 million kilometr masofada yaqinlashgan.  

Mavzuga oid