Kanadaning Ğarbiy universiteti va AQŞning Louell observatoriyasi rahbarligida ötkazilgan xalqaro tadqiqotda olimlar Yerga yaqin asteroidlarni örganişning innovatsion kompleks usulini tavsifladi. Bu usul 2022 yil noyabr oyida yuz bergan meteorit hodisasiga asoslangan, öşanda asteroid parçalari Niagara hududiga qulagandi.

Phys.org ma’lumotlariga köra, 2022 WJ1 asteroidi Yer atmosferasiga kirib, parçalanişidan oldin olimlar uning tarkibi va ölçamini aniqlaşga muvaffaq bölgan. Ular Arizonadagi teleskopik kuzatuvlar natijalarini Western kompaniyasining Southern Ontario Meteor Network kameralarida yozib olingan videotasma bilan soliştirdi. Videoda 2022 yil 19 noyabr kuni osmonda uçib ötgan olovli şar aks etgan.

Yangi tadqiqot WJ1 haqidagi muhim ma’lumotlarni aniqladi, uşbu kosmik jism kuzatuvlar tarixidagi eng kiçik asteroid hisoblanardi. Uning ölçamlari 40 santimetrdan 60 santimetrgaça ekani ma’lum böldi.

Western meteorologik kameralar tarmoği yordamida olimlar asteroidning London ustidagi atmosferaga kirib, Kanadaning Tsent-Katarins şahri yaqinida yöq bölib ketişini tasvirga olgan. Kuzatuvlardan ma’lum bölişiça, asteroid S-xondritlar toifasiga mansub bölib, ular kremniyga boy toşli jismlar hisoblanadi. Ular Quyoş tizimidagi eng qadimgi jismlar qatoriga kiritiladi. Şuningdek, bu — Yerga tuşadigan meteoritlarning eng keng tarqalgan turi.

WJ1 bölaklarining hammasi ham sayyoramiz atmosferasida töliq yonib ketmagan bölişi mumkin. Niagara mintaqasining ayrim aholisi uning qismlarini izlagan, biroq qidiruvlar natijasiz yakunlangan. Taxminiy qulaş hududi deyarli butunlay Ontario köliga töğri keladi.

WJ1 ilk bor 2022 yil noyabr oyida Arizona ştatining Tuson şahridagi Catalina Sky Survey teleskopi yordamida kaşf etilgan. Köp ötmay astronomlar bu obekt uç soat içida Yer bilan töqnaşişini prognoz qilgan. Bu muddat olimlarga obektni hali koinotda vaqti kuzatiş uçun yetarli edi. Ular asteroidning orbitasini aniqroq hisoblaş maqsadida uning joylaşuvi va harakatini qayd etişga ulgurgan.