Makgregor Nurmagomedov bilan jang uchun olgan gonoraridan mahrum qilinishi mumkin
UFC’ning sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor UFC 229 musobaqasi doirasida rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazgan jangi uchun olgan butun gonoraridan mahrum etilishi mumkin.
TMZ nashrining ma'lum qilishicha, MakGregor aprelda UFC jangchilari ketayotgan avtobusga hujum qilishi oqibatida jarohat olgan jangchi Maykl Keza uning ustidan sudga da'vo arizasi bergan. Kezaning ma'lum qilishicha, UFC u bilan bog‘lanib, aprelda Nurmagomedov bilan jang qilishi kerak bo‘lgan Maks Xolloueynning o‘rniga jang qilishni taklif qilgan. Biroq MakGregor va uning sheriklarining avtobusga hujum qilishi oqibatida Keza yuzidan jarohat olgan va musobaqadan olinib, rossiyalikka qarshi jang qilish imkonidan mahrum bo‘lgan.
Kezaning arizasida Makgregor jinoiy harakatidan moliyaviy foyda olgani, chunki uning apreldagi hujumi UFC 229 jangini reklama qilishda qo‘llanganini keltirgan. Shu tariqa, Keza irlandiyalikni rossiyalikka qarshi jangi uchun olgan gonoraridan mahrum etib, uni apreldagi hujumda jabr ko‘rganlarning barchasiga taqsimlab berishni talab qilmoqda.
Nurmagomedov va Makgregor jangi Las-Vegasda 6 oktyabrda o‘tgan UFC 229 musobaqasining bosh voqeasi bo‘lgan. Jangda rossiyalikning qo‘li baland kelgan.
Jangdan keyin Nurmagomedov va irlandiyalik jamoasi a'zolari o‘rtasida mojaro chiqqan. Natijada Nurmagomedov oktagonni kamarsiz tark etgan, unga jang uchun belgilangan 2 million dollarlik gonorar to‘lanishi muzlatib qo‘yilgan.
Ayni vaqtda ikkala jangchi ham Nevada shtati atletik komissiyasining ushbu mojaro bo‘yicha qarorini kutmoqda. Ushbu ish bo‘yicha keyingi sud jarayoni yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
00:44 / 18.09.2019
Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagach kim bo‘lmoqchiligini aytdi
21:36 / 15.09.2019
Nurmagomedov Porega bergan va'dasi ustidan chiqdi
21:40 / 10.09.2019