Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi – kuchli beshlikda so‘nggi o‘n bir yillikning eng barqaror to‘purari
«Barselona» sardori Lionel Messi Ispaniya chempionatining 17-turida «Selta» darvozasini ishg‘ol etdi. Uchrashuv 2:0 hisobida «ko‘k-anorranglilar» foydasiga hal bo‘ldi.
Bu Leoning La Liga ushbu mavsumidagi 15-goli bo‘ldi. Natijada u, Opta ma'lumotiga ko‘ra, kuchli beshlik chempionatlarining so‘nggi 11 mavsumidan buyon kamida 15tadan gol urayotgan yagona futbolchiga aylandi.
Messi qishki tanaffusga La Liganing eng yaxshi to‘purari va assistenti sifatida yo‘l olmoqda: uning hisobida yuqorida ta'kidlanganidek 15ta gol va 10ta samarali uzatma bor.
Eslatib o‘tamiz, shu hafta argentinalik hujumchi beshinchi marotaba «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha sifatida, «Barsa» Ispaniya chempionatida 2018 kalendar yilida jami 102ta gol urdi. Bu top-5 ligalari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026