Yevropa sport naşrlari assotsiatsiyasi «Barselona» hujumçisi Lionel Messiga «Oltin butsa» sovrinini topşirdi.

Messi 2017/18 yilgi mavsum yakunlariga köra, Yevropaning eng yaxşi futbolçisi böldi. U ötgan mavsumda Ispaniya çempionati öyinlarida 34 gol urişga erişgan.

Bu Messi uçun beşinçi «Oltin butsa» böldi. U 2009/10 (34 gol), 2011/12 (50), 2012/13 (46) va 2016/17 (37) yilgi mavsumlarda ham qit'aning eng yaxşi töpurari sifatida taqdirlangan.

Bu borada rekordçiga aylangan argentinalik hujumçi «Yuventus» hujumçisi, 4 bor «Oltin butsa» egasiga aylangan Kriştianu Ronalduni ortda qoldirdi. Boşqa heç bir futbolçi bu mukofotni 2 martadan ortiq qölga kiritmagan.

«Oltin butsa» - Yevropa çempionatlarida mavsumning eng yaxşi töpurariga topşiriladigan sovrin. Bu sovrin 1968 yildan 1991 yilgaça gollar soni böyiça berilgan. 1992 yildan 1996 yilgaça sovrin topşirilmagan, 1997 yildan esa qayta tiklangan, lekin yangi qoidalar böyiça. Endi gollar çempionatlar koeffitsiyentiga köpaytiriladi.