Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda Mahan Air samolyotlarining Germaniyada taqiqlanishi haqidagi ma'lumot inkor etildi
Eronning fuqarolik aviatsiyasi rahbari Rizo Jafarzoda Fars axborot agentligi bilan suhbatda Germaniya 2019 yildan Eronning Mahan Air aviakompaniyasi samolyotlariga nemis aeroportlarini qo‘llashni taqiqlashi haqidagi xabarni inkor etdi.
Avvalroq Bild nemis nashri Germaniya hukumati Eron aviakompaniyasi samolyotlariga nemis aeroportlarini qo‘llashni taqiqlamoqchiligini ma'lum qilgandi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu qaror “jadal maslahatlashuvlar”dan keyin qabul qilingan va “yanvar davomida” kiritilishi lozim. Nashrning ma'lum qilishicha, avvalroq go‘yoki AQSh maxsus xizmatlari Germaniya hukumatiga Eron aviakompaniyasi bilan hamkorlik qilish amerikalik fuqarolarning nemis aeroportlaridagi xavfsizligiga rahna solishi mumkinligi bilan murojaat qilgan.
“Eronning fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti Germaniya vakillaridan Mahan Air’ga nisbatan sanksiyalar kiritilishi haqida hech qanday xabar olmagan va Germaniya hukumati vakili Bild xabarlari bo‘yicha izoh bera olmasligini aytgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Jafarzoda.
Eron vakili Mahan Air Germaniyaga 15 yildan beri parvozlar amalga oshirishi hamda aviakompaniya Germaniya bilan qishki parvozlar uchun yarim yillik shartnoma tuzganini eslatib o‘tgan.
Eron aviakompaniyasi Germaniya va Tehron o‘rtasida haftasiga 6 ta: Dyusseldorfdan 4 ta va Myunxendan 2 ta reys bajaradi.