Jamiyat | 13:10 / 24.12.2018
7218
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda bir oylik chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Illyustrativ foto

Shu yil 11 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, fuqaro F.Q. (ayol) bir oylik ham bo‘lmagan qizalog‘ini “Yog‘du” choyxonasida fuqaro J.R. (ayol)ga 10 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid