Xafagarçilik muammolarimizni hal etmaydi, faqat hayotiy zarur bölgan kuçimizni olib, bizni ruhan azoblaydi.
Tuşkunlik, xafa böliş nima ekani hamda köp aytilgan va yozilgan... Barçamiz xafa böliş yomon ekani, u köplab kasalliklarga sabab bölişini bilamiz. Şunga qaramay, köpçilik xafagarçiligini qöyib yuborişni istamaydi. Har bir kişining xafa böliş uçun şaxsiy sababi böladi. U turliça: katta va ulkan, çuqur yoki yaşirin bölişi mumkin.
Xafagarçilik — kasalliklar sari töğri yöl
Xafalik hissi kişida unga nisbatan adolatsizlik, yoqimsiz holat, çuqur kamsitiş, yolğon kabi holatlar yöl qöyilgan degan fikr mavjud bölganda kuzatiladi.
Agar çuqur örnaşib olgan xafagarçiliklarni körsatadigan maxsus qurilma bölganida ular tananing içida muşakdagi zöriqiş yoki qisqiç körinişida ekaniga guvoh bölardik. Kişi xafaligini yaşirişga qança harakat qilsa, muşaklari yanada kuçliroq siqiladi. Bu masalani örgangan mutaxassislar xafagarçilik holatida tananing tepa qismi (diafragmadan yuqori) va böğimlar aziyat çekişini ta'kidlaydilar. Bunda kökrak qafasi va tomoq muşaklari qattiq siqiladi.
Ba'zida xafagarçilikni indamay “yutib yuboriş” holatlari kuzatiladi. Keyinçalik u tomoqda qattiq narsa körinişida qotib qoladi. Vaqt ötişi bilan (kimdadir erta, kimda esa keçroq) ana şu joyda muşak zöriqişi qolib ketadi. “Siqilgan” holatdagi muşaklarda esa qon aylanişi kamayadi, öz navbatida immunitet pasayadi. Bu esa köplab kasalliklarga olib boruvçi yöl.
Xafagarçilik — köplab onkologik kasalliklarning sababi
Tibbiy oqibatlardan taşqari ruhiy jihatlari ham bor. Kun kelib xafa bölgan tomon “portlaşi” mumkin.
Yuqorida aytilganlardan şuni anglaş mumkinki, xafa böliş salomatlik uçun xavfli.
Turli xafagarçiliklar bilan kuraşişning eng yaxşi usuli – sizning sabringiz, keçira oliş va sizni kamsitiş va tahqirlaş harakatlariga e'tibor bermaslik. Biz şaxsiy hislarimiz va hayotimizning egasiligimizni yaxşi anglaşimiz lozim.
Yodingizda bölsin — xafa böluvçi kişining hayoti odatda zerikarli va bir xil. Ruhiyatimiz şunday yaratilganki, u taassurotlarsiz işlamaydi. Hayotni tölaqonli his etiş uçun balki boşqa usulni öylab toparmiz? Masalan, könglingizga yoqqan iş bilan maşğul böliş. Axir öz ijodiy rejalarini amalga oşiriş bilan band bölgan faol odam ikkinçi darajali narsalarga diqqatini qaratişga moyil bölmaydi.

















