Onkokasallik, ilojsizlik va 6 yildan beri qurilayotgan hospis haqida katta suhbat
|21:25 / 17.03.202513 94912 min
Özbekistonda 133 mingdan ziyod onkologik bemorlar bor. Ularning 4 mingdan ortiği kasallikning oxirgi darajasi bilan kuraşmoqda. Zamonaviy dunyoda tuzalmas kasallikka çalinganlar umrining oxirini maxsus kasalxonalarda ötkazadi. Bizda esa hozirça buning aksi – çidab bölmas oğriq va dardni faqat bemor emas, uning yaqinlari ham boşdan ötkazadi. Çunki mamlakatning Samarqand va Xorazmidan boşqa heç yerida hospis yöq. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda kuzatilgan holat: saratonga çalingan uysiz keksa bemorning pod’yezdga taşlab ketilişi bu masaladagi vaziyat qanday ekanini tahlil qilişga undadi.
7 mart kuni saratonga çalingan bemor 4 soat davomida şifoxonama-şifoxona sarson qilinib, uni heç kim qabul qilmagani videosi tarqalgandi. Unda tez yordam xodimlari kasallik 4-bosqiçda ekanini, ayol baribir ölişini, unga yordam berilmasliklarini aytgan.
Kun.uz ayni oğriqli keysdan kelib çiqib, Özbekistonda onkologiya sohasi, bemorlarning vaziyati va hospislar oçilişi nega keçiktirilayotgani haqida suhbat uyuştirdi.
Intervyuda Soğliqni saqlaş vazirligi bölim boşliği Aziz Hamroqulov, vazirlikning tez yordam xizmati böyiça boş mutaxassisi Ilhom Aslanov hamda onkolog şifokorlar Şermuhammad Umirov, Yahyo Ziyayev hamda Rustam Norboyev iştirok etdi.
– Dastlab hammangizga bir xil savol bilan yuzlanmoqçiman, tibbiyot xodimlarining bu xatti-harakatlari qançalik töğri edi?
Aziz Hamroqulov: Tarmoqlarda şu rolik paydo bölişi bilan vazirlik tomonidan işçi guruh tuzilib, holatni örganiş böyiça xizmat tekşiruvi taşkil qilindi. Unda ularning holatiga baho berildi. Bemor haqida gapiradigan bölsak, hozirgi kunda u Toşkent şahar onkologiya şifoxonasida muolaja olmoqda.
Şifokor [bilan] qanday holat bölganini bilmayman. Har qanday inson jahli, asabi çiqib turgan vaqtda özini filtr qila olmay qoladi. Şuning uçun men bu holatga töğri yoki notöğri degan bahoni ham berolmayman. Çunki u qanday holatda bölganini ham bilmayman. Qaysi ma’noda, [şifokorning] qanday muammosi borligini bilmayman. Çunki bilişimça, şu holatga kelguniça bemor şunçaki köçada qolib ketmagan, unga tibbiy yordam körsatilgan bölgan. Şundan keyin ham Respublika onkologiya markazining Toşkent şahar filialida hozir şu bemor davolanmoqda. Şu sabab men hozir şifokorni aybli yoki aybsiz deyolmayman, çunki xizmatni körsatişgan.
Mavzuga oid
Ilhom Aslanov: Albatta, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan qismi böyiça munosabat bildirsam, tez tibbiy yordamning öşa holatdagi harakatlari notöğri. Çunki bu avvalambor odob-axloq, qolaversa, tibbiyotda alohida tibbiyot xodimlari uçun odob-axloq qoidalari mujassamlaşgan deontologiya qoidalari bor. Ya’ni bemor, bemorning qarindoşlari, özaro tibbiyot xodimlari örtasidagi munosabatni aks ettiradigan qoidalar mavjud.
Aytilgan gapning naqadar töğri yoki notöğri ekani haqida gap ketmayapti, uni haqiqatan ham aytişi kerak yoki aytmasligi kerak edi deyilganda, albatta, aytmasligi kerak edi. Bemorning holati böyiça aniq oydinlik kiritiş… U [şifokor video] ijtimoiy tarmoqdagi qayer uçundir yozib olinayotganini bilmagan holatda boşqa xizmat xodimlariga gapirayotgan munosabat sifatida tuşuntiriş bermoqçi bölgan. Örganiş natijalari şuni körsatdi.
Qolaversa, hozir aytib ötildi, u qanday holat bölişidan qat’i nazar u [şifokor] hissiyotlarga berilmasligi kerak edi, ayniqsa, tez tibbiy yordamni biz bilamiz, bir kun davomida 20-30 talab çaqiriqqa xizmat körsatadi, har bir çaqiriqqa kirib çiqqanidan keyin xohlaymizmi yoki yöq, u yerdan musbat yoki manfiy energiyalar mujassamlanib ketadi. Biz u yerdagi holatlarni bartaraf qiliş masalasida juda köplab işlar olib boramiz. Ya’ni har bir çaqiriq özining nomi bilan alohida xonadonga taşrif buyuriş, undan olinadigan qandaydir energiya ikkinçisiga ötmasligi töğrisida.
Darhaqiqat, öşa kuni tez tibbiy yordam xodimi bilgan mana şu bemorimizga 4 marta xizmat körsatilgani, bir neça marta şoşilinç tibbiy yordam körsatuvçi muassasalarga eltilgani, lekin özi tomonidan va öşa şoşilinç tibbiy yordam körsatadigan muassasa tomonidan bemorda şoşilinç yordamga muhtoj bölganlik inkor qilingan. Rejali, şoşilinç tibbiyot bor. Tez tibbiy yordam – aynan inson hayoti uçun öşa vaqtning özida xavf soladigan holatni bartaraf qilişga va zarurat bölganda yordam körsatilgandan keyin tegişli muassasalarga yotqizilişiga ixtisoslaşgan yönaliş.
Mutaxassis sifatida aytolamanki, [şifokorning] xatti-harakatlarida kamçilik yöq, lekin aytilgan gaplar öşa auditoriyada emas, öşa holatda hissiyotlarga berilgani ayniqsa juda notöğri bölgan. Şifoxonalarga qabul qiliniş böyiça bizning vakolatimizga kirmaydi, SSVning tegişli buyruqlari bor, tez tibbiy yordam xizmati onkologiya muassasasiga bemorni olib boriş vakolati yöq. Çunki u rejali davolanadigan şifoxona. Toşkent şahrida faqat şoşilinç bölimlarimiz bor, mana şu manzilda emas, qayerdan olingani va qanday taşxis bilan olinganiga qarab bemor biror muassasaga yönaltiriladi. Bu jarayonda öşa olingan bemor manzili 1-Toşkent şahar klinik şifoxonasi bölgan, u yerga eltib topşirilgan. Keyingi holatlar mutasaddilar tomonidan örganilişi kerak.
Şermuhammad Umirov: Bu videorolikni biz bir neça marotaba qayta-qayta kördik, tez tibbiy yordam xodimlari hamda mahalla uçastka nozirlari bilan ozroq deontologiya [qoidalari] buzilganini ham köryapmiz. Lekin bu yerda tuşunmovçilik bölyapti-da, ham video qisqa, bu yerda kasal qayerdan olingan, qayerga olib borilgan – bu haqda videorolikda ma’lumot yöq. Endi bu yerda yana tez tibbiy yordam xizmatida işlagan öşa şifokor bilan uçastka nozirlarining tortişuvi, “bemorni davolaş yoki olib boriş sening vazifang” deb bir-biriga vazifasini aytib qolgan. Aslida mening fikrimça, öşa bemor qaysi lokatsiyadan çaqirilgan bölsa, öşani olib borib, manzili böyiça 1-şifoxonami, öşanga olib borib, şoşilinç tez tibbiy yordam körsatişi kerak edi.
Töğrisini aytiş kerak, bu yerda köpinça onkologik bemorlarni qabul qiliş masalasi turibdi. Köplar onkologik kasallikka çalinganlarga yordam körsatişni, onkologiyaga yuborişni xohlaydi. Şuning uçun bu yerda qabul qilmagandir, balki oğriq qoldiruvçi dorilarini berib, “yana uyiga olib borib taşlanglar” deyilgan bölişi mumkin. 2-martada boşqa tez tibbiy yordam kelgan bölsa, öşaning manzilini bilişmagandir, şuning manzilini bilmasa, bemordan qaysi mahalla, qaysi tuman ekanini sörab, boriş kerak edi. Mahallada mahallaning mas’ullari bor, öşa yerda nozirlari bor, ism-familiyasini aytsa, qaysi uyda, qaysi xonadonda ekanini aytib beradi.
Bu yerda kelişiş kerak edi. Mana şu mahalla yettiligi deydi, mahalla yettiligida ötirgan mas’ullar bilan tibbiyot xodimlari kelişganida bunçalik tarmoqda muammo bölib, butun hammada muhokamaga ketib qolmas edi. Şuni aniq uçastka noziri bilan gaplaşib, manziliga olib boriş kerak edi. Onkolog sifatida aytaman, köpinça bemorlarimiz oğir bosqiçda hamma davolanişlarni olib bölgan, uyiga yuborilgan bölsa ham uyida davolanişda davom etişi kerak. Bu yerda tibbiyot va mahalla xodimlari kelişib, bemorni manziliga olib borişganida yaxşi bölar edi.
Yahyo Ziyayev: Bu yerda şifokorimiz, bizning hamkasbimiz deontologiya qoidalarini buzmagan. “Bu öladi nima bölişidan qat’i nazar 4-bosqiç” deb turib bemorning öziga aytmagan, bu yerda bemorning taşqarisidagi munosabat bölgani uçun xodim, albatta, hissiyotlarga berilgan. Hissiyotlarga berilganini ham, töğrisi, şifokor sifatida men tuşunaman. 4 soat bemor bilan u yerdan bu yerga aylanib yurişi, bu birinçi kun bölmagan, bundan oldin ham 7 marta bu bemorga tez tibbiy yordam çaqirtirilgan.
Tez tibbiy yordam xizmatini körsatişning kölami bor, u yerda şoşilinç vaziyat bölmagan. Ya’ni agar bu yerdagi davoning hammasi rejali bölişi kerak va öşa onkologiya ham rejali davo turlariga kiradi. Aytaylik, oşqozondan saraton bölgan odamdan qon ketib qoladigan bölsa, uni onkologiya markazi yoki uning filialiga tunda iş vaqtidan taşqarida olib borilsa, unga yordam berişga heç qanday vaziyat, imkoniyat yöq. Unda jarrohlar, operatsion-hamşiralar, reanimatsion brigada – butun tez yordam brigadasini taşkillaştiriş kerak. Buni onkologiya markazida taşkillaştiriş mantiqqa töğri kelmaydi. Buning uçun tez tibbiy yordam va şoşilinç xizmatlar bor.
Masalaning ikkinçi tomonidan olsak, bu bemorimizda saratonning 4-bosqiçi, sönggi bosqiç va bu yerda şoşilinç holat yöq, ya’ni ötkir qon ketmayapti yoki qanaqadir oyoği sinmagan, tos suyagi majaqlanib ketmagan – bunga şoşilinç yordam bermasa, bu bemor hayotdan ötadi degan narsa yöq. Agar bunday bemorlarni tez tibbiy yordam körsatadigan muassasalarga yotqizadigan bölsak, Xudo körsatmasin, men avariyaga uçrasam, mening yaqinimda infarkt böladigan bölsa, aynan şu bemor şu yerda yotgani tufayli men vaqtida tibbiy xizmat ololmasligim mumkin. Joylar tölib qoladi, öşa tibbiy xizmatni olmaganim tufayli men öşa kunning özida ölib qolişim mumkin. Aynan şu nuqtai nazardan kelib çiqib, rejali ravişda davolanadigan bemorlar rejali muassasalarga joylaştirilişi kerak.
Men bemorni şahar filialida ham kördim, undan keyin tez tibbiy yordamdagi mutaxassislar bilan gaplaşganimda ham şu narsa aytildiki, u bemorning özi “yöq, menga heç narsa kerak emas, meni şu manzilga olib borib qöying” deganda ular ham taksi sifatida öşa yerga qaytarib olib borişgan. Video ham aynan öşa yerda qoldirib ketilgan vaqtda olingan.
Har bir inson özining hayotini, kasalligi, taşxisi va hayot prognozi haqida barça ma’lumotga ega bölişi şart, bu – uning konstitutsion huquqi. Lekin bunday yösinda emas. Yomon ma’lumotni yetkazişning yöllari bor.
Rustam Norboyev: Bu yerda [voqea iştirokçilarining hammasi] jabrdiydalar. Bemor aniq jabrlangan va şifokor ham. Çunki 30 ta çaqiriqqa çiqqanidan keyin 31-çaqiriq frustratsiyaga olib keladi, kamida uning 10 tasi 37,5 daraja isitmasi sabab çaqiriladi, buni yaxşi bilaman, hamkasblar ham aytişadi, bu notöğri. Ikkinçidan, şu şifokorning qayerga olib borişni bilmasligi. Hozir bunday aylanib, bitta konsensusga kelyapmiz: hospis yöqligi. Ya’ni bunday bemorlar hospislarga yuborilişi kerak.
Juda töğri aytildi, oddiy şifokorga borilgandan keyin [bemor] joyni egallaydi, bundan taşqari, u bemor kerakli, töğri munosabatni u şifoxonadan ololmaydi. Çunki oddiy şifokorlar hospisdagi şifokorlardan farqlanadi: gapirişida, özini tutişida, davolaşida. Bunday bemorlar uyi bölsa, uyida bölmasa, hospisda davolanişi kerak. Afsuski, muammo hospisning bitkazib berilmaganida. Hospis bölganida hozir şunça yiğilişimiz, hozirgi holatimiz bölmas edi, çunki tez tibbiy yordamdagi odam hospisga olib borilardi. Şu bilan muammo yöq bölar edi.
Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin. Suhbat davomida prezidentning 2017 yildagi 2866-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 892-sonli qarorlari asosida Toşkent şahrida oçilişi kerak bölgan hospis masalasi muhokama qilingan. Qolaversa, sohadagi yana bir qança muammoli nuqtalar haqida ham gapirib ötilgan.