Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zoyir Mirzayev ayollarning tandirda non yopmay qo‘yganini tanqid qildi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar tandirda non yopmay qo‘ygani sababli onkologik kasalliklar ko‘payganini aytdi. «Tandirda non yopgan ayolda rak kasali bo‘lmaydi», dedi u. Hokimning tushuntirishicha, tandir oldida organizm qiziydi, natijada qon tez aylanadi va tomirlarni tozalaydi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar orasida onkologik kasalliklar ko‘pligining sabablaridan biri sifatida ular tandirda non yopmay qo‘yganini ko‘rsatdi.
«Mahallalarga borganda, mahalla aylanamiz. Tandir yo‘q. Non yopmaymiz. Chiroyli qilib haligi makka unidan qo‘shib, qora bug‘doyni qo‘shib, qora non qilib berardi, u boshqacha edi. Chiroyli qilib xo‘jayinlarni ham achchiq bulkaga o‘rgatib oldik. Men Samarqandda ishlaganimda koreyalik dostor keldida, ayollarda saratonning ko‘payish sabablarini tahlil qildi. Nimaga ko‘payyapti, bu saraton kasalligi? 7-8 ta narsani yozgan. Kam harakatlilik birinchi o‘rinda turibdi. To‘rtinchi faktor — tandirda non yopmaslik degandi. Tandirda non yopgan ayolda rak kasali bo‘lmaydi. Sababi tandirning oldiga borganda organizm qiziydi, keyin qon ikki barobar tez aylanarkan organizmda. Shuning tezligida qon tomirlarni tozalab tashlarkan. Qon iflos bo‘lsa, qaysidir bezga mikrob qo‘shilib, sekin-sekin bezlar uyg‘onadi-ku. Bu faktorlardan bittasida. Shuni yo‘qotdik-da bizlar», — dedi Mirzayev.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026