Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida ishonch butkul yo‘qolganini bildirdi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat hamda Rossiya va AQSh, shuningdek G‘arb davlatlari o‘rtasida ishonch mutlaqo yo‘qolganidan tashvishlanmoqda. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Tomas Greminger Neue Zürcher Zeitung gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
«Umuman olganda, Yevropadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tashvish uyg‘otmoqda», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroatlantika xavfsizligining asosiy o‘yinchilari bo‘lgan Rossiya va AQSh hamda boshqa G‘arb davlatlari o‘rtasida butkul ishonchsizlik hukm surmoqda.
Gremingerning ta'kidlashicha, «Boltiq dengizi ustida samolyotlar yoki Boltiqbo‘yida kemalar bir-biriga xavfli darajada yaqinlashmoqda, deyarli to‘qnashmoqda».
U YeXHT qanday bo‘lmasin harbiy xatarlarni nazorat ostiga olishi va ularni qisqartirishi kerakligini, chunki vaziyat keskinlashishi uchun birgina uchqun yetarli ekanligini bildirdi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026