2019 yilda maktablarni qurish va ta'mirlash uchun qariyb 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 19 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-sonli qarorini imzoladi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, qaror bilan 2019 yilda umumta'lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturi ham tasdiqlanib, 975 mlrd. so‘mlik mablag‘ ajratildi.
Manzilli dastur doirasida 506 ta obekt qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash ko‘zda tutilgan. Jumladan, 22 ta yangi maktab qurilishi uchun 2019 yilda 128,97 mlrd. so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Maktablarning rekonstruksiyasi uchun 453,49 mlrd. so‘m va kapital ta'mirlash uchun 252,5 mlrd. so‘m ajratilgan.
Dastur doirasida maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida 44,4 mlrd. so‘m, Andijon viloyatida 74,44 mlrd. so‘m, Buxoro viloyatida 33,91 mlrd. so‘m, Jizzax viloyatida 40,62 mlrd.so‘m, Qashqadaryo viloyatida 86,2 mlrd.so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Namangan viloyatida ushbu maqsadlarga 74,54 mlrd.so‘m, Navoiy viloyatida 24,54 mlrd.so‘m, Samarqand viloyatida 97,85 mlrd.so‘m, Sirdaryo viloyatida 24,10 mlrd. so‘m, Surxondaryo viloyatida 70,81 mlrd. so‘m, Toshkent viloyatida 73,77 mlrd. so‘m, Xorazm viloyatida 52,27 mlrd. so‘m, Farg‘ona viloyatida 74,28 mlrd. so‘m, Toshkent shahrida 63,2mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ekspertlar Fordoga jiddiy zarar yetganini ma’lum qilyapti
Jahon | 10:41
-
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi
O‘zbekiston | 10:33
-
Eron parlamenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 10:28
-
«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi
Sport | 10:10
Mavzuga oid

22:22 / 03.10.2022
Xalq ta’limi vazirligi boshlang‘ich sinflar darsliklari bo‘yicha o‘qituvchilarga murojaat bilan chiqdi

11:55 / 09.09.2022
110-maktabda kiyinish xonasiga kameralar o‘rnatilishi bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi

16:02 / 08.09.2022
Respublika ta’lim markazi rahbari yangi darslikka tadbirkor Murod Nazarov haqida ma’lumot qo‘shilganiga izoh berdi

22:46 / 07.09.2022