Jamiyat | 22:39 / 25.12.2018
10681
2 daqiqa o‘qiladi

Non va qandolat mahsulotlari savdo yarmarkasi o‘z ishini boshladi

Bugun 25 dekabr kuni yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrining «Beruniy» metro stansiyasi oldida joylashgan «O‘zko‘rgazmasavdo» pavilonida keng qamrovli «Yangi yil yarmarkasi - 2018» va «Non va qandolat mahsulotlari» yarmarkalari o‘z ishini boshladi.

Bu yerda poytaxt aholisi va poytaxtimiz mehmonlari uchun yurtimizda ishlab chiqarilgan va distribyutorlar tomonidan chet eldan keltirilgan ko‘plab iste'mol mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yildi. 

Non mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan turli xil texnologiyalar, non mahsulotlari, yurtimizda ishlab chiqarilgan va Italiyadan keltirilgan qandolat mahsulotlari (shokolad, kakao, vafli, murabbo, marmelad, konfet, pechene va boshqalar), Gruziya, Pokiston, Turkiya va Xitoydan keltirilgan mandarin va sitrus mevalari, turli xil salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilarni o‘zidan sut, go‘sht, o‘yinchoq, sovg‘alar jamlanmalari, tabiiy asal va boshqa ko‘plab yangi yil bayrami dasturxoni uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar sotuvi ulgurji narxlarda taqdim etilgan.

Pavilonda oilaviy dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, yosh bolalar uchun batut va ko‘ngilochar dasturlar, tamaddi qilish uchun turli xil restoran va kafelardan keytering tashkil qilingan. Ularning mahsulotlari amaliy san'at ustalari tomonidan taqdim etiladi.

Yarmarkada estrada yulduzlari ishtirokida konsert va ko‘ngilochar dasturlar kun davomida tashkil etiladi. Uch kun davomida ishtirokchi kompaniyalar bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar hamda sovrinli musobaqalarni tashkil etishadi. 

Yarmarka 25-27 dekabr kunlari soat 10:00 dan 21:00 gacha o‘tkaziladi. Kirish bepul.

Ma'lumot uchun telefon: +99899 4956663

Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 41 

Mo‘ljal: metroning «Beruniy» bekati

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid