O‘zbekiston milliy taomi - o‘zbek noni ham mazkur ro‘yxatdan o‘rin oldi.
Gullar, naqshlar va maxsus shtamplar bilan bezatilgan o‘zbek nonlari an’anaviy tandirlarda tayyorlanadi.
Shuningdek, ular mintaqaga qarab turlicha shakl va mazaga ega — Toshkentdan Samarqandgacha har bir hududning noni o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Issiq nonlar tandirdan chiqqach, bozor va qahvaxonalarga yetkazish uchun maxsus choparlar tomonidan tarqatiladi, deya ta’kidlaydi CNN Travel.











