O‘zbekiston | 18:53 / 25.12.2018
10172
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zsanoatqurilishbank” xorijdagi yuqori malakali mutaxassis-vatandoshlarimizni ishga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3982-sonli qaroriga muvofiq, “O‘zsanoatqurilishbank” yuqori malakaga ega, xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarda samarali faoliyat yuritayotgan xorijdagi vatandoshlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Bunda 2018-2022 yillarda Bankni transformatsiya qilish strategiyasini amalga oshirish, zamonaviy menejment va korporativ boshqaruv mexanizmlarini keng joriy qilishda bank-moliya sohasida xalqaro miqyosda yetarli tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar salohiyatidan oqilona foydalanish maqsadi ilgari surilgan.

Vatandoshlarimizning qulay mehnat sharoitlarida ishlab, o‘z professional imkoniyatlarini to‘la namoyon etishlari, shuningdek oilaviy ijtimoiy-huquqiy masalalari yechimi bank tomonidan kafolatlanadi.

Ish haqi va boshqa ijtimoiy-moliyaviy masalalar har bir nomzod uchun uning malakasi, amaliy tajribasi va Bank faoliyatini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘sha olish imkoniyatidan kelib chiqib, individual yondashiladi.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Ma'lumot va CVlarni yuborish uchun: “O‘zsanoatqurilishbank” HR direktori - Azizxon Nodirov, [email protected], +99897 761-79-77

 “O‘zsanoatqurilishbank” mukammallikka intilmoqda! Siz esa mazkur rivojlanish mexanizmining muhim bo‘lagiga aylanishingiz mumkin!

Rasmiy sayt: uzpsb.uz

Feysbuk: fb.com/uzpsb

Telegram: t.me/UzSQB

Instagram:instagram.com/uzpsb

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid