O‘zbekiston | 13:14 / 25.12.2018
6052
3 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar faoliyatining soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmaydi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 89-moddaning (Soliq tekshiruvlarini o‘tkazish muddatlari) matni quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.

Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining qo‘shimcha buyrug‘i bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv o‘tkazishga ilgari jalb etilgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.

Qisqa muddatli soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak. Bunda tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini qisqa muddatli tekshirishlarni, shuningdek taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi faktlariga barham berish bo‘yicha qisqa muddatli tekshirishlarni o‘tkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim.

Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining tegishli soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomalariga ko‘ra, tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning ruxsatnomasiga binoan faqat bir marta uzaytirilishi mumkin. Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati uni uzaytirishning asosiy muddatidan oshmasligi kerak.

Soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan to‘xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatini hisoblash ham to‘xtatiladi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid