Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi
Bugun, 25 dekabr kuni ertalabdan Toshkent kichik halqa yo‘lida “Vatanparvarlik” marafoni bo‘lib o‘tdi.
12-15 kilometr masofani tashkil etgan marafon “Amilov” (Crafers) qandolat fabrikasidan boshlanib, Toshkent Janubiy vokzali oldida yakunlandi.
Mazkur marafon “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi tomonidan o‘tkazildi. Unda mamlakat Qurolli Kuchlariga tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, o‘quvchi yoshlar va fuqarolar ishtirok etdi. Marafonda jami 400 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Sog‘lomlashtirish aksiyasida yugurganlar ichida eng yosh ishtirokchi 15 yoshli Alixon Ahmadov bo‘lgan bo‘lsa, eng kattasi 72 yoshli Marat Avazov bo‘ldi.
Ta'kidlash kerakki, mazkur aksiyada harbiy xizmatchilar tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti o‘tkazilib, yoshlarga o‘rnak sifatida namoyish etildi.
Marafon shohsupasining barcha pog‘onasidan Toshkent harbiy okrugining vakillari – Vladislav Mamedov, Andrey Kulikov va Bunyod Muxitdinov joy oldi.
G‘olib va sovrindorlar Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, Toshkent shahar hokimligi va “Amilov” (Crafers) qandolat fabrikasi tomonidan medallar, diplom va televizorlar bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida marafon aksiyasi vatanparvarlik festivaliga ulandi. Unda harbiy xizmatchilar yoshlarga saf va qo‘l jangi elementlarini namoyish etishdi. Harbiy san'atkorlarning kuylagan kuy va qo‘shiqlari bayram kayfiyatini ko‘tardi.
Mavzuga oid
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
18:07 / 17.11.2025
Toshkentda 18 noyabr kuni harbiylarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi
18:14 / 30.07.2025