Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» yirik g‘alabaga erishdi va turnir jadvalida «Siti» bilan oradagi farqni yettitaga yetkazdi
Premer-liga peshqadami «Liverpul» boksing-deyni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.
Mersisaydliklar o‘z maydonida sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites qo‘l ostidagi «Nyukasl»ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritishdi.
O‘yinda hisob 11-daqiqada Deyan Lovren tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘lim boshida Muhammad Saloh penaltidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi. Uchrashuv oxiriga borib Jyerdan Shaqiri va Fabino 6 daqiqa ichida ikki marta gol urishdi va yakuniy hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi.
Bahsda ustunlik yaqqol mezbonlar tomonida bo‘lganini nafaqat hisob, balki o‘yin statistikasi ham to‘la tasdiqlaydi: to‘pga egalik qilish - 75-25 foiz, zarbalar - 16:6, darvoza sohasiga zarbalar - 8:2.
Bu g‘alaba evaziga «Liverpul» ochkolari sonini 51taga yetkazdi va Angliya chempionati birinchi davrasini chempion sifatida yakunlashdi. Mersisaydliklar ikkinchi o‘rindagi «Tottenhem»ni 6, «Manchester Siti»ni 7 ochko ortda qoldirmoqda.
19 turda «Liverpul» 51 ochko jamg‘ardi, Klopp shogirdlari birinchi davrani mag‘lubiyatsiz o‘tkazishdi: mersisaydliklar hisobida 16 g‘alaba va 3 durang.
2002 yilning 2 noyabridan buyon ilk marta «Liverpul» premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rindagi jamoani 6 ochkoga ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinda joylashib turibdi.
Angliya Premer-ligasi
26 dekabr, 19-tur
Liverpul – Nyukasl 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 11 Lovren, 2:0 – 47, penalti Salax, 3:0 – 79 Shakiri, 4:0 – 85 Fabino.
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson (Klayn, 82), Aleksander-Arnold, van Deyk, Xenderson, Veynaldum (Fabino, 62), Shakiri, Mane, Firmino (Starrij, 69), Saloh.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Dammett, Yyedlin, Fernandes, Ritchi (Merfi, 81), Xeyden, Diame, Kenedi (Longstaff, 73), Muto, Xoselu.
Mavzuga oid
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022
«Qarorgohimizda jodugar bor». «Liverpul» inqirozining 3 ta sababi
23:13 / 30.07.2022